«Tavakkal qilishni sevuvchi, tryuk bajaradigan artistlar» — bularni hammasi Frantsuz tilidan tarjima qilinganda shu ma’nolarni bildiradi. Kaskadyorni vazifasi shundan iboratki, u qiyin xavfli tryuklarni aktyor o’rniga bajarib berishi kerak bo’ladi. Buni shunchali aniq bajarish kerakki, muxlis akterlarni almashganini sezmasligi kerak. Kaskadyor bajarayotgan qiyin mashqlarini bajarish bilan birga, unga har tamonlama o’xshashi ham kerak bo’ladi.
Ko’pchilikni qiziqtirgan savol – kaskadyorlik malakasini oshirishga o’rgatishadimi yoki shu maqsadda jismoniy tayyorlashga, talabgorlarni yig’adimi? Kimda kim bu qiziq va qiyin kasbni egallashga qiziqsa ular uchun dunyoda minglab kaskadyorlarni tayyorlaydigan maktablar mavjud. Bu maktab dasturi boshqalarnikidan keskin farq qiladi: bittasida sahna janglari uchun qalqon tayyorlashsa, boshqasida – qilichbozlik, yiqilishlarga yoki transport vositasilarini qiyin vaziyatlarda boshqarishga o’rgatadi. 100 yil oldin 12 noyabr 1910 yili birinchi kino uchun tryuk bajarilgan. Nyu Yorkda qiziqqon o’ziga ishongan kaskadyor yonib turgan havo sharidan Gudzonga sakragan.
O’tgan asrninig 30 yillarida kaskadyorlardan ko’pgina kinolarda foydalanish ommalashib borgan. Misol: komedik kino” Quvnoq bolalar” janjalida, sportchi rolini kaskadyor tamonida o’ynab berilgan. Kaskadyorlik rivojlanishi Iosif Vissarionovich Stalin amerika kinolarini ko’rib, so’ragan ekan: “ Nima uchun bizni rejisserlarimiz shunga o’xshash kino olisholmaydi?” deganidan so’ng rossiyada ham kaskadyorlardan foydalanishga turtki bo’lgan.
Bu kasb – erkaklar kasbi hisoblanadi. Lekin bu bu kasbda faqat erkaklar ishlashi kerak degani emas. Varvara Nikitina birinchi Rossiya kaskadyor ayoli bo’lgan. U o’nga yaqin qiyin harakatlarni bajarib kinolarda o’ynagan. Shu bilan bu kuchli irodali ayol na qo’l jangidan, na o’q otishdan chempion bo’lmagan, u badiiy gimnastika sport ustasi bo’lgan.
“Titanik” kinosini rejisseri Djems Kemeron bu kinoni olishda qiyin vaziyatlari o’ynash uchun minglab kaskaderlarni o’ynatgan. Ularni mehnati yaxshigina mukofatlangan bo’lib – umumiy qiyinchilik bo’yicha kaskadyorlar 3 000 000 dollar olishgan.
Sovet mashxur Urbanskiy Evgegeniy akterini ikkinchi yuzi bo’lgan (dubler), u uni hamma qiyin bajaradigan vaziyatlarini bajarib yurgan. Lekin ko’pincha akter o’zi hammasini bajarishga xarakat qilgan. Uni bitta tryuki omadsizlik bilan tugagan.
Kinoni olish jarayonida 1965 yili “ Direktor” deb nomlangan kinoda Urbanskiy o’zi yakka joyda qumda avtomabilda tryuk bajargan. Lekin mashina ag’anab ketib aktyor og’ir jarohat olib shifoxonaga ketayotganida yo’lda xalok bo’lgan. Bu filmni olish bir necha yillarga surilgan.
Vik Armstrong Buyuk Britaniyalik kaskadyor o’zini qiyin bajargan tryuki va maxorati bilan Ginnes rekordiga kiritilgan. 30 yoshga kirganiga qaramasdan u 200 ga yaqin kinolarda dublyorlik qilgan.
Saymon Karn «Klifxanger» kinosida fantastik tryuk bajarib, 1 000 000 dollar olgan: u 4 752 metr balandlikda, bir samalyotdan ikkinchisiga o’tgan. Silvestra Stallonega dublyorlik qilgan.