Avvallari bu quloq tortishlar turli xil maqsadda qilinardi… katta bo’lgin, og’zi ochilgan bo’lmagin, pishiqqina bo’l deb. Asosan o’g’il bolalarga uqtirishgan, ular katta bo’lib o’sishlari kerakligini qulog’iga singdirishgan. bu an’ana yoki irim deymizmi butun dunyoda mashhurdir.
Xozirgi vaqtda esa bunday xolat oddiy yoshbola o’yini deb qaralsa, lekin qadimda quloq tortish juda muxim, masuliyatli ish hisoblangan. Xuddi xozirgi yuridik, jiddiy bajarilishi kerak ish bo’lgan.
Rimda bu odat mantsipatsiya deyiladi. Ma’nosi “manu”- qo’l degan ma’nolarni anglatgan. Bu so’zi qadimda ayollarni ozod qilish bilan bog’liq so’z bo’lgan ekan.
O’zimizni bolajonlarimizga qarasak, o’zimizni malakamizdan kelib chiqib gapirsak, bolajonlarimizni ko’pchiligi qo’loq tortishganida o’zlarini e’tiborda ekanligidan faxrlanganlarini ko’ramiz va unga boshqa bolalar xavas bilan qaraganini ko’rish mumkin. Shu bilan birga bolalar quloq tortishni xuddi ularga sovg’a berishayotganday qabul qilishganini va bundan mamnun bo’lganini ko’rash mumkin. Bu odat ko’pchilik bolajonlarga quvonch keltiradi.
Shu bilan birga xuddi hursandchilik bilan shu yoshga etib kelganini bildirib, birdan sanab to’lgan yoshigacha sanab, yana bitta yosh oshirish sanashadi. Kattalar esa yaxshi niyat qilib qulog’ini cho’zib qo’yishadi.
Bizga ma’lumki yaxshi niyat yarim davlatdim. Shundan ko’rib turibmizga bu odatni tarixini bilmasakda bu odat fakat xursandchilik keltirishini bilamiz. Lekin agar meyorida torilmasa, albatta quloq og’rishi aniq. Hamma narsani me’yori yaxshi deganiday, bu odatni ham me’yori yaxshidir.