Xozircha erda yashovchi aholini xech biri marsda bo’lmagan, lekin u joyga juda ko’p miqdorda boshqaruvchisiz apparatlar(raketa) uchirilgan. Bu raketalar bu qizil sayyora haqida ko’pgina ma’lumotlar to’plagan. Endi faqatgina erdan kimdur birinchi bo’lib mars sayyorasiga qadam bosadi, umuman qadam bosadimi?
Olimlar takidlashmoqdaki, yaqin 10 yil ichida bu mars sayyorasiga uchish bo’ladi. Bunday yangiliklarni eshitib erliklar marsni birinchi ochilishiga qo’shilish ishtiyoqi borligini aytishgan. To’g’ri, lekin bunda bitta narsani e’tiborga olish kerak; bu sayoxatga otlanganlar o’z sayyorasi bilan bir umrga vidolashishiga to’g’ri kelishi mumkin. Chunki zamonaviy texnologiya odamlarni marsga jo’nata oladi , lekin ularni ortga qaytara olmaydi.
Gollandiya Mars One tashkiloti xozirgi kunda hohlovchilarni yig’ish bilan shug’ullanayapti. Ularga kerakli talab qo’yiladi: inson 18 yoshdan oshgan bo’lishi kerak va zi hohishi bilan bo’lishi kerak, bu bilet marsga faqat borishga faytishga emasligini. Qolgani u o’z nomzodini kompaniyaga bildirishnoma jo’natsa bo’ldi. Yana o’zini haqida ma’lumot va nima uchun aynan u marsni ochilishiga birinchi asoschi bo’lmoqchiligini yozishi kerak.
Marsni zabt etmoqchi bo’lganlarni tanlavi 2013 yildan boshlandi. Xayratlanarlisi shuki 140 ta davlatdan 200 000 bu taklifga javob qaytardi. Eng ko’p xoxlovchilar Amerikadan bo’lgani aniqlandi. Keyingilar Xindiston va Xitoy. Ro’yxatda Rossiyaliklar ham bor – taxminan 8 000 kishi. Aniqki talabgorlarni hammasi ham marsga ucha olmaydi. Ular bir qancha sinovlardan o’tib keyin tanlab olishadi.
Marsda yashamoqchi bo’lganlar bo’sh joyga qo’ndirishmadi to’g’ri, ularga katta baza qurib berishga to’g’ri keladi. Bu proekni Daniyalik injener Kristian fon Bengstonga yuklatilgan. Ilmiy tadqiqotchilar marsda ko’kat va sabzavotlarni o’stirsa bo’lida deyishmoqda. To’g’ri faqat shu yo’l bilangina ular oziqlanishmadi albatta. Yordam dam ba dam yuklar yuborilib turadi. Kerakli anjomlar bilan ham taminlanishadi.
Qancha vaqt erdan marsgacha uchiladi? Etarlicha ko’p –tahminan 7 oylarcha. O’rtacha masofa erdan marsgacha 225 million kilometrni tashkil etadi. Shuni hisobga olish kerakki, ular doimo xarakatda bo’lganliklari uchun, maksimal masofa 401 million kilometrni, minimal esa 54,5 ni tashkil etadi.
Atgancha, Mars One kompaniyasi marsga hohlovchilarni tanlaydi balkim, SSSR esa bu savol bilan o’tgan asrninig 50 yillarida o’ylashni boshlashagan. Birinchi planlar 1959 yili boshlangan. Bu g’oyalar M.K. Tixonravova boshchiligida boshlangan. Shuning uchun ham qo’shiqlarda “Marsda ham olma daraxti ham gullaydi” deb bejiz kuylashmagan. Bu qo’shiq 1963 yili “Orzuni kutib” filmiga bag’ishlab yozilgan. Bu fantastik mavzu sayyoralar aro uchishlarga bag’ishlangandir.
Aytishlaricha, biz marsda birinchilardan bo’lamiz deyishmasin, ular xech qanaqa birinchilardanmas. NLO tadqiqotchilari ishonch bilan aytishadiki; bizni ajdodlarimiz marsdan million yilllar oldin uchib kelishgan, endi esa bizlardan ayrimlarimizginasi ortga uchib boramiz.